Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 125733
Gallery image 125734
Gallery image 125735
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
17 Apr 2026
19:02

DEPUTAT NAZORATI

Mazkur o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Choriyeva ishtirokida olib borildi.

O‘rganish jarayonida “Obod tumush” mahallasi aholisini qiynayotgan dolzarb muammolardan biri-elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar xususan, eskirgan elektr ustunlarini zamonaviy beton ustunlarga almashtirish zarurati mavjudligi aniqlandi.

Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan mazkur masala nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar deputatlik nazoratida olib borilishi belgilandi.

Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati