Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 125630
Gallery image 125631
Gallery image 125632
Gallery image 125633
Gallery image 125634
Gallery image 125635
Gallery image 125636
Gallery image 125637
Gallery image 125638
Gallery image 125639
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
17 Apr 2026
17:49

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 7-A.Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Karomat Karimovaning ishtirokida “Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida qator o‘rganish va uchrashuvlar tashkil etildi.

️Dastlab deputat mahalla yettiligi bilan uchrashib, hududda aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar, ularning ijrosi hamda mavjud muammolar yuzasidan atroflicha muhokama olib bordi. Fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

️Shundan so‘ng deputat “A.Navoiy” mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bepul tarqatilayotgan dori vositalari zaxirasi ko‘zdan kechirildi.

️Shuningdek, mahalladagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va mavjud muammolar o‘rganildi.

️Bundan tashqari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Boyovut tumani bo‘limi faoliyati ham tahlil qilinib, sohaga oid amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.