Barcha yangiliklar
DOMIY KOMISSIYA YIG`LISHI BO‘LIB O‘TDI.
Gallery image 125608
Gallery image 125609
Gallery image 125610
Gallery image 125611
Gallery image 125612
Gallery image 125613
Gallery image 125614
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
17 Apr 2026
17:36

DOMIY KOMISSIYA YIG`LISHI BO‘LIB O‘TDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi va a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdilar. Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Y.Abduxamidovning hisoboti deputatlar tomonidan eshitilib, atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar davomida mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududda
iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.