Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
Gallery image 125589
Gallery image 125590
Gallery image 125591
Gallery image 125592
Gallery image 125593
Gallery image 125594
Gallery image 125595
Gallery image 125596
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
17 Apr 2026
17:30

DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

Bugun Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda doimiy komissiya raisi va a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassassislari hamda tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdilar. Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan 3 ta muhim masala ko‘rib chiqildi. Jumladan: Parkent tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti, Parkent tumani IIB sohaviy xizmat xodimlari tomonidan 2026-yilning 3 oyi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘ining hisoboti, Parkent tumani adliya bo‘limi tomonidan 2026-yil birinchi choragi davomida bajarilgan ishlar yuzasidan tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti dastlabki tarzda ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi. Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.