Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati o‘rganildi
Gallery image 125548
Gallery image 125549
Gallery image 125550
Gallery image 125551
Gallery image 125552
Gallery image 125553
Gallery image 125554
Gallery image 125555
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
17 Apr 2026
17:15

Fuqaro murojaati o‘rganildi

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tumanning “Tolebi” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Tursunoy Buriyeva murojaati xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev tomonidan kotibiyat mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayevalar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida fuqarolar T.Buriyeva va A.Miralimov tomonlaridan mahallani obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketishni tashkillashtirish, simyog‘ochlarni yangilash bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

🔹Shuningdek, turli ko‘ngilsizlik va yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida “Chirchiq-G‘azalkent” yo‘nalishidagi D006 avtomobil yo‘lining “Tolebi” mahallasidan o‘tgan qismida piyodalar yo‘laklarini chizish, yo‘l belgilarini miltillovchi chiroqlar bilan jihozlash yuzasidan takliflar bildirildi.

🔹Shu bilan birga, mahalladagi qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida foydalanilmayotgan yer maydonida bolalar o‘yingohini barpo qilish taklifini ko‘rib chiqish so‘raldi.

🔹Barcha bildirilgan takliflar nazoratga olinganligi hamda mas’ullar tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi fuqaroga tushuntirildi.