Barcha yangiliklar
#deputat_faoliyati #yoshlar_uchrashuvi #Andijon_shahar #M_Jalolov  2026-yil 9-aprel kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Andijon davlat tibbiyot institutining stomatologiya yo‘nalishi talabalari bilan yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Gallery image 125506
Gallery image 125507
Gallery image 125508
Gallery image 125509
Gallery image 125510
SODIQJONOV DAVRONBEK MUXSINJON O‘G‘LI
09 Apr 2026
17:03

#deputat_faoliyati #yoshlar_uchrashuvi #Andijon_shahar #M_Jalolov 2026-yil 9-aprel kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Andijon davlat tibbiyot institutining stomatologiya yo‘nalishi talabalari bilan yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

#deputat_faoliyati #yoshlar_uchrashuvi #Andijon_shahar #M_Jalolov

2026-yil 9-aprel kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Andijon davlat tibbiyot institutining stomatologiya yo‘nalishi talabalari bilan yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

🗣 Deputat M. Jalolov talaba-yoshlar uchun “Yoshlar tashabbusi davlatimiz e’tiborida” mavzusida ma’ruza qilib, “aholi”, “yoshlar” va “bolalar” tushunchalariga batafsil izoh berib o‘tdi.

📊 Ta’kidlanganidek, respublika aholisining qariyb 30 foizini yoshlar tashkil etayotgan bir sharoitda, ularning oldida turgan muammolar, yoshlar siyosatining dolzarbligi hamda davlat tomonidan yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng imkoniyatlar haqida muhim fikrlar bildirildi.

💡 Shuningdek, joriy yildan boshlab tibbiyot xodimlari hamda magistraturaga o‘qishga kirgan xotin-qizlar uchun joriy etilgan yangi imtiyozlar va rag‘batlantirish choralari yuzasidan ham muhim ma’lumotlar berildi.

🤝 Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, faol muloqotda ishtirok etdilar.