Barcha yangiliklar
#24_ta_masala  ✨  Deputat G.Xudoyberganova “Madina Reystr” tikuvchilik sexida aholi bandligi va ish sharoitlari bilan tanishdi
Gallery image 125401
Gallery image 125402
Gallery image 125403
Gallery image 125404
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
15 Apr 2026
16:11

#24_ta_masala ✨ Deputat G.Xudoyberganova “Madina Reystr” tikuvchilik sexida aholi bandligi va ish sharoitlari bilan tanishdi

📌 Aholi bandligini ta’minlash va xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati G.Xudoyberganova Mitan shaharchasida faoliyat yuritayotgan “Madina Reystr” tikuvchilik sexi faoliyati bilan tanishdi.

Sexda bugungi kunda 12 nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan bo‘lib, ular turli tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda.

O‘rganish davomida ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish jarayoni hamda kelgusida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan bunday kichik ishlab chiqarish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish va aholi bandligini ta’minlash hudud rivoji uchun muhim ekani ta’kidlandi. 🤝🧵

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)