Barcha yangiliklar
«Jamoatchilik nazorati – qonun ustuvorligi garovi»
Gallery image 13278
Gallery image 13279
Gallery image 13280
Gallery image 13281
Gallery image 13282
Gallery image 13283
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
02 Iyul 2024
15:00

«Jamoatchilik nazorati – qonun ustuvorligi garovi»

 “Jamoatchilik nazorati – qonun ustuvorligi garovi” 

  

🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Fayzullo
Mirzayev, Ozodaxon Dadajonova, Abdusamat Alobidinov, O‘zbekiston “Adolat” SDP
Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimovlar tomonidan partiyaning
“Jamoatchilik nazorati – qonun ustuvorligi garovi” loyihasi doirasida tumanning
“Farg‘ona” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat olib borayotgan
"Tong" bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida o‘rganish olib borildi.
 

  

🔷 O‘rganishlar davomida mazkur oromgohda dam olayotgan o‘quvchi-yoshlar
uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli va
unumli o‘tkazishlari uchun ishlab chiqarilgan reja, dasturlar, to‘garaklar,
qo‘shimcha mashg‘ulotlar bilan hamda ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan
tarbiyachi, xodimlarning har birining bolajonlarga nisbatan mehr bilan
boqishlari, har bir dam oluvchi bolajonlarni o‘z farzandlari kabi
asrab-avaylashlarini ko‘rib, bolajonlarimiz ishonchli qo‘llarda ekanligiga
ishonch xosil qildik.
 

  

🔷 Oromgoh ma’muriyati tomonidan yoshlarimizni vaqtlarini mazmunli va
unumli o‘tkazishlari uchun kunlik kun tartibi tuzilgan bo‘lib, yoshlarimizni
Vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishlari, Jonajon Vatanimizga nisbatan
muhabbatlarini mustahkamlash maqsadida “O‘zbekiston – Vatanim meni”, “Biz –
kelajak poydevorimiz”, “Vatan ulug‘ – burch muqaddas”, “Mehr – yaxshilik va
ezgulik bulog‘i” va boshcha turli mavzularda tanlovlar, davra suhbatlari hamda
sog‘lom bo‘lishlari uchun turli sport tanlovlarini muntazam o‘tkazilib
turganligi bolajonlarimizni qayta-qayta aynan ushbu oromgohni tanlashlariga
sabab bo‘layotganligi bejiz emas.