Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati amalda
Gallery image 125275
Gallery image 125276
Gallery image 125277
Gallery image 125278
Gallery image 125279
Gallery image 125280
Gallery image 125281
Gallery image 125282
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
17 Apr 2026
15:29

Deputatlik nazorati amalda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 9-Darband saylov okrugidan saylangan deputat Ramazonov Muzaffar Xolmirzayevich tomonidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son Qarori ijrosining ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tumandagi “Darband” mahallasida o‘rganish olib borildi.

Ayni kunda ushbu mahallada loyiha yo‘nalishlari bo‘yicha keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Shular qatorida PQ–141-son qarori ijrosi doirasida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi asosida "Darband" MFY hududida 39-sonli maktabni rekonstrutsiya qilish (120 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv bino va 50 o‘rinli oshxona qurish) ishlarini bajarish rejalashtirilgan.

Deputatlik o‘rganishlar davomida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari “YULDUZ-AZIZA-XAFIZAXON” XK tomonidan amalga oshirilmoqda.

39-sonli maktabni rekonstrutsiya qilish obyektida: Yer ishlari, poydevor quyish ishlari va 1-qavatda g‘isht terish ishlari to‘liq bajarilgan. Hozirda 2-qavatda g‘isht terish ishlari yakunlanib, tom qismini yopishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan bir qatorda hudud deputati tomonidan ham doimiy ravishda o‘rganilib, nazorat qilinmoqda.