Barcha yangiliklar
“Yurtim jamoli” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Gallery image 125196
Gallery image 125197
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
17 Apr 2026
14:40

“Yurtim jamoli” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi raisi - deputat Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich o‘z saylov okrugidagi “Yurtim” jamoli” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev bilan hamkorlikda o‘rgandi.

Tashrif davomida mahallada ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilalar bilan ishlash, ularni bandlikka jalb etish, kasb-hunar o‘rgatish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yo‘nalishlar bo‘yicha ajratilgan kreditlar, subsidiyalar va boshqa ko‘mak turlarining maqsadli yetkazilishi hamda ularning samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish va ularning turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlanib, tegishli taklif va tavsiflar berildi.