Barcha yangiliklar
Deputat saylovchilar murojaatlarini ijobiy hal etmoqda
Gallery image 125170
Gallery image 125171
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
17 Apr 2026
14:23

Deputat saylovchilar murojaatlarini ijobiy hal etmoqda

✔️ Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Babayarova tomonidan saylovchilar bilan muntazam muloqotlar olib borilib, ularni qiynab kelayotgan masalalarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

✔️ Jumladan, Nurdum mahallasida yashovchi fuqaro Odilova Saygul tomonidan pasport va plastik karta olishda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha murojaat qilindi. Mazkur murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, fuqaroga tegishli tartib-tamoillar yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda amaliy yordam ko‘rsatildi.

✔️ Bugungi kunda deputatlar tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularga yechim topish borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.