Barcha yangiliklar
Sirdaryolik deputatlar-Toshkent viloyatida
Gallery image 13248
Gallery image 13249
Gallery image 13250
Gallery image 13251
Gallery image 13252
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
03 Iyul 2024
18:37

Sirdaryolik deputatlar-Toshkent viloyatida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining rejasiga asosan mahalliy kengashlar deputatlari faoliyatini yanada takomillashtirish, Kengashlarning sohadagi ijobiy yutuqlari, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida viloyatlararo tajriba almashish yo‘lga qo‘yildi. Shu munosabat bilan xalq deputatlari Sirdaryo viloyat, tuman, shahar Kengashlari kotibiyat mudirlari, deputatlarning bir guruhi Toshkent viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrifning birinchi kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasida ishtirok etish bilan boshlandi.

Shuningdek Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati faoliyati bilan tanishilib, viloyatning yangi markazi-Nurafshon shahrida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.