Barcha yangiliklar
AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATISH TIZIMI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
Gallery image 125096
Gallery image 125097
Gallery image 125098
Gallery image 125099
Gallery image 125100
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
16 Apr 2026
13:26

AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATISH TIZIMI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Z.Axmedova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ-989-sonli Qonuni ijrosi holati o‘rganildi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tuman bo‘limi tomonidan aholiga psixologik yordam ko‘rsatish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgani aniqlandi:

fuqarolarga individual va guruh shaklida psixologik maslahatlar berish;

og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan shaxslar, jumladan, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarini psixologik qo‘llab-quvvatlash;

oilaviy nizolarni bartaraf etish, ajrimlarning oldini olish va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga qaratilgan profilaktik suhbatlar o‘tkazish kabi bir qator yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatmoqda.

O‘rganish jarayonida mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.