Barcha yangiliklar
AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA
Gallery image 125038
Gallery image 125039
Gallery image 125040
Gallery image 125041
Gallery image 125042
Gallery image 125043
Gallery image 125044
Gallery image 125045
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
17 Apr 2026
12:02

AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA

 AHOLI MUAMMOLARI E’TIBOR MARKAZIDA 

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Senat
Kengashining tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek mahalliy
Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib,
13-Damko‘l saylov okrugi deputati Shuxratjon Rahimov tomonidan Guliston MFYda
amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
 

🔹 O‘rganish davomida mahalla “yettiligi” faoliyati, hududdagi
ichki yo‘llarning holati, obodonlashtirish ishlari hamda chiqindi tashish
xizmatining tashkil etilish darajasi atroflicha tahlil qilindi.
 

🔹 Tahlillar jarayonida hududdagi ayrim ko‘chalar, xususan
“Yorqin” ko‘chasi ta’mirtalab ekani, “Lolazor” ko‘chasini shag‘allashtirish
zarurligi, shuningdek ayrim hududlarda chiqindi tashish xizmati yetarli
darajada yo‘lga qo‘yilmagani aniqlanib, bu holatlar aholi turmush sifatiga
bevosita ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
🔹 Mazkur muammolarni tizimli hal etish hamda hudud
infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi
yuborish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi.