Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 125002
Gallery image 125003
Gallery image 125004
Gallery image 125005
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
17 Apr 2026
11:23

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Sherobod tumanida madaniyat sohasiga e’tibor kuchaymoqda

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov Tuman Madaniyat uyiga tashrif buyurdi.

🎭 Tashrif davomida ular madaniyat uyida faoliyat yuritayotgan turli to‘garaklar — yoshlar ijodiy jamoalari, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

📊 Shuningdek, to‘garaklar faoliyati samaradorligi, yoshlarni jalb etish darajasi hamda mavjud shart-sharoitlar o‘rganilib, kelgusida ushbu yo‘nalishni yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

🤝 Tashrif yakunida mas’ullar tomonidan madaniyat maskanlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish hamda hududda madaniy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.