Barcha yangiliklar









XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
14 Apr 2026
10:13
AHOLI MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
Toshloq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati A.Djurabayev va Xalq deputatlari Kengashi raisi T.Soliyev ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Ushbu qabul jarayonida aholini qiynayotgan muammolarni bevosita eshitish, ularga tezkor va samarali yechim topish asosiy maqsad qilib belgilandi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy masalalari, bandlik, ijtimoiy himoya, infratuzilmani yaxshilash hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga doir qator murojaatlar kelib tushdi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.