Barcha yangiliklar
Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
Gallery image 124442
Gallery image 124443
Gallery image 124444
Gallery image 124445
Gallery image 124446
Gallery image 124447
Gallery image 124448
Gallery image 124449
Gallery image 124450
Gallery image 124451
Gallery image 124452
Gallery image 124453
Gallery image 124454
Gallery image 124455
Gallery image 124456
Gallery image 124457
Gallery image 124458
Gallery image 124459
RAXMATOV ALISHER OBIDOVICH
16 Apr 2026
18:42

Yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan oʻtkazilgan selektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʻminlash maqsadida har payshanba kuni yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. 

Shu munosabat bilan bugun viloyat hokimi B.Zaripov hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi J.Ashurov Jondor tumanida maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimiga qarashli 1-sonli umumtaʻlim maktabida boʻldi.

 Tuman markazidagi Tinchlik mahallasida faoliyat yuritayotgan mazkur taʻlim maskani 2017-yilda mukammal taʻmirdan chiqarilgan boʻlib, hozirda 1635 nafar oʻquvchini oʻz bagʻriga olgan. 

 —Aniq va ijtimoiy fanlar bilan birga maktabimizda ingliz va koreys tillari chuqurlashtirilgan uslubda oʻtilmoqda,—deydi mazkur maktab direktori I.Roʻziyev.—Bunda navqiron avlod vakillari “Turon” teatr jamoasi va “Iqtidor” havaskorlik ansamblini ham tashkil etib, badiiy ijod qilib kelishmoqda.

 Dargoh taʻlim-tarbiya ishlariga ayni kunda 140 nafar pedagog xodim jalb qilingan boʻlib, biologiya, fizika va kimyo fanlaridan maxsus sinflar, 2 ta kompyuter informatika xonasi, kutubxona, 150 oʻrinli oshxona talab darajasida jihozlangan.    

 Viloyat rahbari va Kengash raisi maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi boshligʻi, tuman hokimi va boshqa masʻullar bilan birga maktab taʻlim ishlari, moddiy-texnik bazasi, toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 Xorijdan kelgan ingliz tili fani oʻqituvchi Kristian Khen va uning koreys tili ochiq darsida boʻlishib, yosh isteʻdod egalari va ular oʻqituvchisi bilan samimiy suhbat qurdilar. 

 Shuningdek, taʻlim maskani oʻquvchilarining informatika xonasida sunʻiy intellekt boʻyicha mashgʻulot oʻtish jarayoni kuzatilgani holda maktab yigʻingohida bitiruvchi oʻquvchilar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi. 

 Ochiq muloqotda ular yoshlar bilan samimiy suhbatlashib, oʻzining boy hayotiy tajribasi, qarashlarini bildirdi. Yoshlarni avvalo ularga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalanib, puxta bilim olishga, izlanishga, oʻz maqsadlari sari dadil qadam bosishga, Vatanni va ota-onalarini sevib ardoqlashga, ustozlar bergan bilimlarini qadrlashga chorladi. 

 Fursatdan foydalanib, bitiruvchi yigit-qizlar ham taklif va murojaatlarini bildirishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Masʻularga esa maktabning taʻlimda erishayotgan yutuqlari, innovasion oʻqitishdagi shakllangan tajribasini ommalashtirish, ayniqsa, til oʻrganish, toʻgaraklar ishini rivojlantirishga doir tavsiyalar berildi.