Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 124437
Gallery image 124438
Gallery image 124439
Gallery image 124440
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
16 Apr 2026
18:38

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida tumanda yashil tamoyil va yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borildi.

🏕 Xususan, “Yo‘l xarita”ning 42-bandida nazarda tutilgan vazifa — tumanning “Olmazor” mahallasida “Yashil makon” tashkil etish maqsadida 2,0 gektar yer maydonida ko‘p yillik manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari o‘rganildi. Mazkur yo‘nalishda tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova tomonidan hududda joyiga chiqib monitoring ishlari amalga oshirildi.

✅ O‘rganish jarayonida “Yo‘l xarita”da belgilangan vazifalar to‘liq bajarilgani, ajratilgan 2,0 gektar yer maydonida “Yashil makon” barpo etilib, turli xil manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilgani aniqlandi.

Yakuniy xulosa sifatida, mazkur yo‘nalishdagi ishlar belgilangan talablar asosida amalga oshirilgani qayd etildi.