Barcha yangiliklar



SAIDOV ELYORJON ZAFARJONOVICH
29 Iyun 2024
14:40
Chinoz tumani: deputatlik va jamoatchilik nazorati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-sonli hamda 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-sonli qarorlarining ijrosi yuzasidan Chinoz tumanida aholini ichimlik suvi va oqova suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni oʻz muddatlarida va sifatli bajarilishini nazorat qilish maqsadida tuzilgan jamoatchilik nazorati guruhi tomonidan ushbu qarorlarning ijrosi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklar qurilish tashkilotlari vakillari hamda sohaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Shuxrat Ergashov