Barcha yangiliklar
Deputat tashabbusi – amaliy natija
Gallery image 124219
Gallery image 124220
Gallery image 124221
Gallery image 124222
Gallery image 124223
Gallery image 124224
Gallery image 124225
Gallery image 124226
Gallery image 124227
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
16 Apr 2026
16:17

Deputat tashabbusi – amaliy natija

Deputat tashabbusi – amaliy natija

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "25-Qo‘rg‘on" saylov okrugi deputati Xamitova Galina Gennadyevna tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlar o‘zining amaliy natijasini bermoqda.

 ⚽️ Joriy yilning yanvar oyida deputatning "Tepaqo‘rg‘on" va "Qo‘rg‘ontepa" mahallalari hududida olib borgan o‘rganishlari haqida kanalimiz orqali ma’lumot berilgan edi. Oradan to‘rt oy o‘tib, mazkur hududda zamonaviy stadion qad rostladi. Aholi murojaatlari va deputatlik nazorati asosida bunyod etilgan ushbu sport inshooti bugungi kun talablariga to‘liq javob beradi.

 🔼 Shuningdek, deputatning tashabbuslari asosida muhim infratuzilmaviy masalalarga ham yechim topildi. Xususan, tuman hokimining o‘rinbosari N.Ismatovga bildirilgan e’tiroz tufayli M.Shayxzoda ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagi va unga tutash hududlar to‘liq tartibga keltirildi. Mazkur hududda asfaltlash ishlari amalga oshirilib, atrof-muhit obodonlashtirildi hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

 ↗️ Bu kabi amaliy ishlar deputatning hududdagi muammolarga befarq emasligi, saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning murojaatlarini ijobiy hal etishga intilayotganidan dalolat beradi.