Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 123913
Gallery image 123914
Gallery image 123915
Gallery image 123916
Gallery image 123917
Gallery image 123918
Gallery image 123919
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
16 Apr 2026
12:05

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 📌O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Kengashi deputatlari X.Ishimov, N.Turdiyev hamda “Yangi davr” MFY raisi va hokim yordamchisi ishtirokida hududida o‘rganish ishlari olib borildi. 

 O‘rganish jarayonida hududdagi bir qator muammolar joyiga chiqib tahlil qilindi. Jumladan, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotganligi, qo‘shimcha chiqindi qutilariga ehtiyoj mavjudligi, bolalar o‘yingohining ta’mirtalab ekanligi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida kuzatuv kameralarini o‘rnatish zarurligi aniqlandi. 

  📄Aniqlangan ayrim kamchiliklar joyida bartaraf etildi, qolgan muammolar esa tegishli tashkilot rahbarlar bilan muhokamalar olib borildi. Masalalarni hal etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

  Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.