Barcha yangiliklar
Yangikent mahallasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Gallery image 123826
Gallery image 123827
Gallery image 123828
Gallery image 123829
Gallery image 123830
Gallery image 123831
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
16 Apr 2026
11:13

Yangikent mahallasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Zarbdor tumanining Yangikent mahallasida aholi ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, shuningdek, qonun ustuvorligi va oila qadriyatlarini keng targ‘ib qilish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir doirasida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 14-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputat F.Sarimsakov saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Kengash kotibiyati mudiri G.Xudoyarova hamda viloyat Kengashi deputati A.Raxmonqulov ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq muloqot olib bordi.

Uchrashuv davomida aholining murojaatlari tinglanib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tadbir fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning huquqiy va ma’naviy ongini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.