Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVI
Gallery image 123795
Gallery image 123796
Gallery image 123797
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
15 Apr 2026
11:02

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 20-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat Z.Mullajonov tomonidan hududdagi ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida Taraqqiyot mahallasining Baxmal va Ishonch ko‘chalarida ichimlik suvi tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgani, xususan suv quvuri yorilgani natijasida suv sizib chiqib, hududda noqulayliklar yuzaga kelgani aniqlandi. Mazkur holat aholi uchun qiyinchilik tug‘dirib, sanitariya-gigiyena holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan nosozlikni bartaraf etish, hududni tartibga keltirish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.