Barcha yangiliklar







TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
15 Apr 2026
10:56
Deputat tomonidan ichki ko‘chalarni ta’mirlash masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat I.Allayarov tomonidan Lalmikor mahallasidagi ta’mirga muhtoj ichki ko‘chalar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Sutbuloq ko‘chasi qoniqarsiz holatda ekani hamda shag‘allashtirish va tartibga keltirish zarurligi aniqlandi.
Shuningdek, hudud aholisi tomonidan deputatga ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik so'rovi yuborilishi belgilandi.