Barcha yangiliklar







TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
15 Apr 2026
10:53
Deputat tomonidan maktabdagi sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat I.Allayarov tomonidan Lalmikor mahallasidagi 12-sonli umumta’lim maktabida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sinf xonalari, moddiy-texnik baza hamda o‘quv jarayonining tashkil etilishi holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.