Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Tuxfaxon Axmedova Jo‘rabek mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Gallery image 123681
AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
16 Apr 2026
09:52

Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Tuxfaxon Axmedova Jo‘rabek mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

🏛Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati T. Axmedova "Jo‘rabek" mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etdi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bir qator dolzarb masalalar — ijtimoiy yordam, bandlik, kommunal xizmatlar sifati, yo‘l va infratuzilma holati yuzasidan murojaatlar bildirildi.

📌 Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar nazoratga olindi.