Barcha yangiliklar
Fuqarolar qabuli.
Gallery image 123592
Gallery image 123593
Gallery image 123594
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
15 Apr 2026
22:07

Fuqarolar qabuli.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan nuroniylarning sihatgohlarga yo‘llanma olish bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi. Muloqot davomida nuroniylar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar va takliflarini ochiq bayon etdilar.

Uchrashuv davomida nuroniylar tomonidan yo‘llanmalar ajratish jarayonida uchrayotgan ayrim muammolar, navbat kutish masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Kotibiyat mudiri tomonidan murojaat e’tibor bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqarolarga sihatgohlarga yo‘llanma olish tartibi, amaldagi imkoniyatlar va yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Bu esa nuroniylarning o‘z huquq va imkoniyatlari haqida yanada kengroq ma’lumotga ega bo‘lishiga xizmat qildi.