Barcha yangiliklar
CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA
Gallery image 123586
Gallery image 123587
Gallery image 123588
SHAMSIDDINOVA DILNOZA ILXOMOVNA
15 Apr 2026
06:14

CHIQINDILAR MASALASI DEPUTATLAR NAZORATIDA

16-Oybek saylov okrugi deputati G. Togayeva hamda viloyat Kengashi deputati Sh. Nosirova saylov okrugidagi mahallalarda bo‘lib, hududdagi holatni joyiga chiqib o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati hamda sanitariya ahvoli ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.Chiqindilarni olib chiqish xizmati bo‘yicha “REGIAL” mehmonxonasi va “Stimul Navoiy” MChJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma atroflicha o‘rganildi.

 Talqoq mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar hamda hududdagi “REGIAL” mehmonxonasi va jami 7 ta ko‘p qavatli uy uchun 4 ta chiqindi konteyneri o‘rnatilgani, chiqindilar MChJ tomonidan har kuni olib ketilayotgani aniqlandi. Biroq mavjud konteynerlar aholi va mehmonxona ehtiyoji uchun yetarli emasligi qayd etildi.

 Mazkur holatni inobatga olib, deputatlar tomonidan qo‘shimcha chiqindi konteynerlari o‘rnatish masalasi yuzasidan deputat so‘rovi chiqarishga kelishib olindi.