Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan shahar hududida amalga oshirilgan infratuzilma loyihalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 123520
Gallery image 123521
Gallery image 123522
Gallery image 123523
Gallery image 123524
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
15 Apr 2026
19:40

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan shahar hududida amalga oshirilgan infratuzilma loyihalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar Marg‘ilon shahar Kengashining 2025 yil 12 sentabrdagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi VII-13-72-11-168-K/25-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan O‘rda-tagi mahallasida joylashgan Misgarlik, A.A.I.Sino, Ozodlik maydoni hamda Navro‘z ko‘chalarida amalga oshirilgan ichimlik suvi va oqava suv (kanalizatsiya) tarmoqlarini to‘liq yangilash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Qayd etilishicha, mazkur loyiha doirasida hududdagi eskirgan kommunikatsiya tarmoqlari yangilanib, aholi uchun yanada qulay va sifatli kommunal xizmatlar yaratilgan. Eng muhimi, qurilish ishlari yakuniga yetkazilib, qazish ishlari olib borilgan hududlar to‘liq tiklandi hamda yo‘llarning zararlangan qismlari asfaltlashtirilgan.

Deputatlar tomonidan bajarilgan ishlarning sifati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va yakuniy natijalar atroflicha o‘rganildi.