Barcha yangiliklar





NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
15 Apr 2026
18:52
DEPUTAT MUAMMONI OʻRGANDI VA AMALIY CHORA KOʻRILMOQDA
Oʻrganishlar jarayonida ichimlik suvi quvurlarining tez-tez yorilishi natijasida:
— ichimlik suvi isrof boʻlayotgani,
— yoʻllarning yaroqsiz holga kelib qolayotgani maʼlum boʻldi.
Mazkur holat nafaqat infratuzilma, balki aholi turmush sharoitiga ham salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Aniqlangan muammo yuzasidan deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik soʻrovi yuborildi. Ushbu masala nazoratga olinib, muammoni tezkor bartaraf etish choralarini koʻrish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Hududlarda aniqlanayotgan muammolarni oʻz vaqtida koʻtarish va ularni hal etish — deputatlik faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biridir.