Barcha yangiliklar
DEHQON BOZORLARIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
Gallery image 123454
Gallery image 123455
Gallery image 123456
Gallery image 123457
Gallery image 123458
Gallery image 123459
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
15 Apr 2026
18:49

DEHQON BOZORLARIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Ismailov Qamariddin Abduraximovich “Parkent dehqon bozori” MChJ xodimlari bilan hamkorlikda tumanimizdagi Markaziy dehqon bozorida bo‘lib, aholini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligiga erishish, mavsum uchun oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari yaratilganligi holati jamoatchilik nazorati asosida o‘rganildi. Bunda “Arzonlashtirilgan savdo
yarmarkasi”dagi go‘sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining narxlariga alohida e'tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida xalq vakillari bozor ma'muriyati hamda tadbirkorlarga bozorda oziq- ovqat mahsulotlarini yo‘l bo‘yi va yo‘laklarda sanitariya talablariga zid ravishda sotilmasligi, go‘sht do‘konlarida sotuvchilar maxsus kiyimsiz mijozlarga xizmat ko‘rsatmasligi kerakligi bo‘yicha o‘z tavsiyalarni aytib o‘tdi. Shuningdek o‘rganishlar davomida jamoatchilik vakillari tomonidan mahsulot narxlarini asossiz oshirmaslik yuzasidan tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi. Bu kabi jamoatchilik nazoratlari davlat hokimiyati organlarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.