Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI
Gallery image 123406
Gallery image 123407
Gallery image 123408
Gallery image 123409
Gallery image 123410
XUDAYBERDIYEVA MOXIDIL NORBOYEVNA
15 Apr 2026
18:44

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI

 Joriy yilning 15-aprel kuni xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limining “Shaharda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti eshitildi. Doimiy komissiya a’zolari hamda O‘zbekiston “Ekologiya” partiyasi shahar Kengashi raisi shahar ekologiyasini asrash borasida bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi. Doimiy komissiyasi
tomonidan ushbu masalani xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish yuzasidan xulosa berildi.