Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Toʻlqin Joʻrayev “Bozorjoʻyi” MFYda oʻrganish ishlarini olib bordi.
Gallery image 123397
Gallery image 123398
Gallery image 123399
Gallery image 123400
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
15 Apr 2026
18:43

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Toʻlqin Joʻrayev “Bozorjoʻyi” MFYda oʻrganish ishlarini olib bordi.

Bunda fuqarolarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifati, shart-sharoitlar va bepul dorilar taʼminot holati oʻrganildi. Surunkali kasalligi bor bemorlarga bepul dori-darmon berilayotgani aniqlandi. Deputat tomonidan tibbiyot muassasasi shifokorlari bilan boʻlgan muloqotlarda mavjud muammolar, ayniqsa zamonaviy tibbiyot punktini tashkil etish borasidagi amaliy takliflarni umumlashtirgan holda muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.