







XOTIN-QIZLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH MASALALARI OʻRGANILDI
Jumladan, tuman hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi tomonidan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
📌 Oʻrganishlar quyidagi asosiy yoʻnalishlar kesimida olib borildi:
- ⚖️ Gender tenglik va ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirish
- 💼 Xotin-qizlar bandligini taʼminlash va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash
- 🏡 Ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash
- 🤝 Ehtiyojmand xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash
- ⚠️ Xotin-qizlar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlar tahlili
- 💔 Oilaviy ajrimlar hamda ular bilan bogʻliq nizolarni oʻrganish
- 🚫 Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarini koʻrib chiqish
📊 Oʻrganish jarayonida mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish boʻyicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
📝 Mazkur masala yuzasidan tayyorlangan xulosa va takliflar xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida muhokama etilishi rejalashtirilgan.
🤝 Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash hamda huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa boʻlib qolmoqda.