Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari Marg‘ilon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tashkil etildi.
Gallery image 123335
Gallery image 123336
Gallery image 123337
Gallery image 123338
Gallery image 123339
Gallery image 123340
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
15 Apr 2026
18:30

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari Marg‘ilon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov hamda komissiya a’zolari ishtirok etib, bo‘limda korrupsiyaning oldini olish, uning sabab va sharoitlarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Deputatlar tomonidan hujjatlar yuritilishi, ichki nazorat tizimi, xodimlar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlari hamda ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan choralar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish yakunida bo‘lim xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud qonunchilik talablari va ularning amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish muhimligi alohida ta’kidlandi.