Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 123241
Gallery image 123242
Gallery image 123243
Gallery image 123244
Gallery image 123245
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
15 Apr 2026
17:39

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tumandagi O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan kasb-hunar texnikumiga tashrif uyushtirilib, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. 

Shuningdek, bolalarga berilayotgan ta’lim va kasb-hunarga o‘rgatish borasida ishlar yuzasidan suhbatlar o‘tkazilib, qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Uchrashuv ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.  

Yosh avlod haqida g‘amxo‘rlik muhim umuminsoniy qadriyatlardan biridir. Bundan tashqari yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan fuqarolar, nogironlarning ta’lim olish va kasb egallashi, mehnat qilishi, xavfsizligi, salomatligini tiklashidagi huquqlari kafolatlangan.