Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 123151
Gallery image 123152
Gallery image 123153
Gallery image 123154
Gallery image 123155
Gallery image 123156
Gallery image 123157
Gallery image 123158
Gallery image 123159
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
15 Apr 2026
16:38

Deputat faoliyatidan

Doimiy komissiya yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida 2026 yilning birinchi choragida Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi deputatlari tomonidan turli tashkilot va muassasalarga yuborilgan deputatlik so‘rovlarining ijrosi yuzasidan kotibiyat mudiri R. Magripovaning axboroti eshitildi.

 Axborotda deputatlik so‘rovlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, ularning natijadorligi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, ayrim so‘rovlarning ijrosi sust kechayotgani tanqidiy muhokama qilinib, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi. 

Deputatlar tomonidan so‘rovlar samaradorligini oshirish, ularning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.