Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Nishonov Qurbonboy tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
Gallery image 123101
Gallery image 123102
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
15 Apr 2026
15:45

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Nishonov Qurbonboy tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

So'rovga ko'ra Bog'ishamol mahallasi Cho‘lobod ko‘chasining 520 metr mavjud ichki yo‘llari uzoq yillardan buyon kapital va joriy ta’mirdan o‘tkazilmaganligi sababli, yo‘l qoplamasi yaroqsiz holga kelgan, chuqurchalar va notekisliklar ko‘paygan. Bu esa fuqarolarning, ayniqsa, piyodalar va transport vositalarining harakatlanishida qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Yomg‘irli va qish mavsumlarida ushbu holat yanada murakkablashib, aholining kundalik hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan, Cho‘lobod ko‘chasining 520 metr ichki yo‘llarini ta’mirlash, zarur hollarda asfalt qoplama yotqizish hamda shag‘allashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini so‘rab deputatlik so'rovi yubordi.