Barcha yangiliklar
Kengash raisi aholi bilan uchrashuv o'tkazdi: Muammolar yechimi va huquqiy ko‘mak
Gallery image 123014
Gallery image 123015
Gallery image 123016
Gallery image 123017
Gallery image 123018
Gallery image 123019
Gallery image 123020
Gallery image 123021
Gallery image 123022
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
15 Apr 2026
14:32

Kengash raisi aholi bilan uchrashuv o'tkazdi: Muammolar yechimi va huquqiy ko‘mak

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi raisi X.Qayumov ishtirokida tumandagi qator mahallalar aholisi uchun navbatdagi sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida Furqat, Navro‘z, Istiqlolobod, Inoqobod, Sariko‘l, Yangi Zamon va Oltinko‘l mahalla fuqarolarining murojaatlari atroflicha tinglandi. Tadbir shunchaki uchrashuv emas, balki aholini qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish maydoniga aylandi.

✅ Uchrashuvning asosiy jihatlari:

— Har bir murojaatchiga yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha malakali yuridik maslahatlar berildi;

— Ko‘tarilgan muammolarning qonuniy yechimlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar o‘tkazildi;

— Aholi tomonidan bildirilgan taklif va shikoyatlar nazoratga olinib, ularni hal etish choralari belgilandi.

Xalq bilan muloqot — islohotlarning bosh mezoni. Zero, mahalladagi har bir masala e’tibor markazida bo‘lishi aholi farovonligini ta’minlashning asosiy omilidir.