Barcha yangiliklar
Qabul
Gallery image 122981
Gallery image 122982
Gallery image 122983
Gallery image 122984
Gallery image 122985
Gallery image 122986
Gallery image 122987
Gallery image 122988
Gallery image 122989
Gallery image 122990
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
15 Apr 2026
14:27

Qabul

Tuman hokimi qabulida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi

Qibray tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Muzaffar Rashidov boshchiligida tuman Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda aholining turli sohalarga oid murojaatlari atroflicha o‘rganildi.

Xususan, fuqarolar tomonidan elektr, ichimlik suvi, kadastr, subsidiya va moddiy yordam, ta’lim, uy-joy hamda bandlik masalalari yuzasidan bildirilgan murojaatlar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ayrim muammolarga shu yerning o'zida yechim topildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ularni tizimli hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq muddatlar belgilab berildi.

Shuningdek, murojaatlar ijrosi hokim nazoratiga olinib, hokim o‘rinbosarlariga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish vazifasi yuklatildi.