Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlarining 28-sonli maktabga tashrifi yuzasidan ma’lumot
Gallery image 122889
Gallery image 122890
Gallery image 122891
Gallery image 122892
Gallery image 122893
Gallery image 122894
Gallery image 122895
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
09 Apr 2026
12:25

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlarining 28-sonli maktabga tashrifi yuzasidan ma’lumot

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida maktabning mavjud infratuzilma holati joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ta’lim muassasasida mavjud muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida maktab hududidagi bir qator dolzarb masalalar aniqlandi. Jumladan:

 • maktab hojatxonasining ta’mirtalab holatda ekanligi;

 • sport maydonchasining zamonaviy talablarga javob bermasligi hamda rekonstruksiya zarurligi;

 • bino tom qismida ta’mirlash ishlari talab etilishi;

 • ayrim sinf xonalari va ichki hududlarda joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

Deputatlar tomonidan aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi hamda mazkur masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat kiritish rejalashtirildi.

Shuningdek, maktabda ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masalalar deputatlik nazoratiga olindi.