Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 122774
Gallery image 122775
Gallery image 122776
Gallery image 122777
Gallery image 122778
Gallery image 122779
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
15 Apr 2026
09:32

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Aysuluv Uljayeva yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirda ishtirok etdi. 

📄Oqoltin tuman Axborot-kutubxona markazida yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy dunyoqarashini
kengaytirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. 

📙Tadbirda Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati ham ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot olib bordi. U o‘z nutqida kitobning inson hayotidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab, kitob o‘qish orqali bilim va tafakkurni rivojlantirish, kelajakda yetuk va ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib yetishish mumkinligini alohida qayd etdi. 

Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, internetdan to‘g‘ri foydalanish va eng muhimi, kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish zarurligi haqida o‘z
fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashikotibiyati.