Barcha yangiliklar
Deputat nazoratida: Guliston shahrida qurilayotgan gandbol sport majmuasi qurilishi o‘rganildi
Gallery image 122733
Gallery image 122734
Gallery image 122735
Gallery image 122736
ASHURBOYEV JAVLONBEK MUSTAFOQUL O‘G‘LI
15 Apr 2026
09:04

Deputat nazoratida: Guliston shahrida qurilayotgan gandbol sport majmuasi qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Qobil To‘rayev tomonidan Guliston shahri “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida barpo etilayotgan gandbol sport kompleksi qurilish jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida obyektning qurilish sur’atlari, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda topshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan mazkur sport majmuasi nafaqat shaharda sport infratuzilmasini rivojlantirish, balki yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shuningdek, qurilish ishlari sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, obyektning foydalanishga topshirilishigacha deputatlik nazorati davom ettirilishi bildirildi.