Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi
Gallery image 122730
Gallery image 122731
Gallery image 122732
MAMATQOBILOV MANSURBEK BEKBUTA O‘G‘LI
15 Apr 2026
09:03

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun yaratilgan sport sharoitlari – ularning sog‘lom va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishida muhim omillardan biridir.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Normatov tomonidan shahar hududidagi 4-umumta’lim maktabida sport inshootlari, sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va ularning jihozlanganlik holati o‘rganildi.

Yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish yo‘lida bu kabi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.