Barcha yangiliklar
HOKIM VA DEPUTAT
Gallery image 122714
Gallery image 122715
Gallery image 122716
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
15 Apr 2026
08:34

HOKIM VA DEPUTAT

Tuman hokimi Otabek Mavlyanov, tuman prokurori Ravshan Turdiyev va tuman kengashi deputati Yu.Hakimovlar tomonidan "Qoratepa" mahallasida faoliyat yuritayotgan hunarmandchilik sexi o‘rganildi.

O‘rganish davomida sexda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, yaratilgan ish o‘rinlari hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. 

Hunarmandlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning faoliyati, mavjud muammolari va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, ichki va tashqi bozorlarga chiqarish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati