Barcha yangiliklar
Tibbiy xizmat sifati va aholi salomatligi — deputatlar nazoratida
Gallery image 122696
Gallery image 122697
Gallery image 122698
Gallery image 122699
Gallery image 122700
Gallery image 122701
Gallery image 122702
Gallery image 122703
Gallery image 122704
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
14 Apr 2026
20:53

Tibbiy xizmat sifati va aholi salomatligi — deputatlar nazoratida

⏺O‘rganish jarayonida quyidagi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

✔️Xizmat sifati — fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, navbatlar tartibi va tibbiyot xodimlarining muomalasi;

✔️Dori-darmon ta’minoti — imtiyozli dori vositalarining mavjudligi va ularning shaffof tarqatilishi;

✔️Raqamlashtirish — “Elektron poliklinika” tizimi va onlayn qabulga yozilish imkoniyatlari;

✔️Moddiy-texnik baza — tibbiy uskunalar, laboratoriya hamda kunduzgi statsionar faoliyati.

💬Deputatlar tashrif davomida bemorlar va ularning yaqinlari bilan muloqot qilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan fikr-mulohazalarni tingladilar.

💬“Birlamchi tibbiy bo‘g‘in — aholi salomatligini muhofaza qilishdagi eng muhim tizimdir. Har bir shifokor o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishi, har bir uskuna uzluksiz ishlashi zarur. Asosiy maqsad — xalqimizning tibbiyotdan rozi bo‘lishiga erishish,” — dedi Kengash raisi D.Normuradova.

⏺Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” 265-I-son Qonuni (https://lex.uz/docs/26013) talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

💬Ushbu qonunga ko‘ra:

✔️fuqarolarga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlanadi.

✔️tibbiyot muassasalarida zamonaviy sharoitlar yaratilishi shart.

✔️aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

🫥O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim texnik kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat sifatini oshirish yuzasidan muassasa rahbariyatiga tegishli tavsiyalar berildi.