Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 122639
Gallery image 122640
Gallery image 122641
Gallery image 122642
Gallery image 122643
Gallery image 122644
Gallery image 122645
Gallery image 122646
Gallery image 122647
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
14 Apr 2026
19:09

Kotib

📌 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar ijrosining holati o‘rganildi.

🏘 Tadbirda hududda kambag‘allikni qisqartirish, aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan hududiy ijro organlarining tumandagi “Alisherobod” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlar eshitildi.

📑 Hisobotlar muhokama qilinib, komissiyaning vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ma’lumotlar belgilangan tartibda taqdim etib borilishi qayd etildi.

📖 O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarida belgilangan kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirishga doir ustuvor vazifalar, shuningdek, hududiy ijro organlari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish sohasidagi natijali ishlar bilan yaqindan tanishib chiqildi.