Barcha yangiliklar
Deputat so‘rovi natijasi: “Do‘stlik” mahallasida yo‘llar ta’mirlandi
Gallery image 122531
Gallery image 122532
Gallery image 122533
Gallery image 122534
Gallery image 122535
Gallery image 122536
Gallery image 122537
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
13 Apr 2026
18:25

Deputat so‘rovi natijasi: “Do‘stlik” mahallasida yo‘llar ta’mirlandi

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashi raisi, 1-Bo'ston saylov okrugi deputati Anvar Aralovning deputatlik so‘rovi hamda “Do‘stlik” mahallasi fuqarolarining murojaatlari asosida hududdagi ichki yo‘llar tartibga keltirildi.

O‘rganishlar natijasida mahalla hududidagi Forishlik, Maxmud Qoshg‘ariy, Tutzor va Ipak yo‘li ko‘chalarining asfalt qoplamasi ta’mirtalab holatga kelib qolgani, bu esa yog‘ingarchilik vaqtida aholi va transport harakati uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlangan edi.

Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 665-sonli qarori ijrosi doirasida Forishlik, Maxmud Qoshg‘ariy, Tutzor, Ipak yo‘li ko‘chalarida manzilli ro‘yxat asosida joriy ta’mirlash (yamov) va asfaltlashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.

Fuqarolarning murojaatlari va deputat nazorati ostida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.