Barcha yangiliklar
INVESTITSIYA LOYIHALARI TAQDIMOTI
Gallery image 122524
Gallery image 122525
Gallery image 122526
AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
13 Apr 2026
00:00

INVESTITSIYA LOYIHALARI TAQDIMOTI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati S. Xidirova hamda kotibiyat mudiri Q. Bobojonov tuman investitsiya bo‘limi bilan birgalikda 2026–2027 yillarda Bekobod sanoat zonasini tashkil etish loyihalarini o‘rganib chiqdilar.

Mazkur sanoat zonasida ishlar allaqachon boshlangan bo‘lib, hozirgi kunda Tataristonlik tadbirkorlarga 100 gektar yer maydoni ajratib berildi. Ushbu loyiha hududni iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xususan, loyiha amalga oshirilishi natijasida:

yangi ish o‘rinlari yaratiladi,

aholi bandligi ta’minlanadi,

sanoat salohiyati oshadi,

fuqarolarning daromadlari ko‘payadi.

Natijada, aholi turmush darajasi sezilarli darajada yaxshilanishi kutilmoqda. Ushbu tashabbus Bekobod tumanining iqtisodiy taraqqiyotida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.