Barcha yangiliklar
“Ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligi – yuksak jamiyat demakdir”
Gallery image 122493
Gallery image 122494
Gallery image 122495
Gallery image 122496
Gallery image 122497
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
13 Apr 2026
18:20

“Ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligi – yuksak jamiyat demakdir”

Diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish hamda aholi orasida shukronalik hissini oshirish maqsadida Zarbdor tumanidagi Mustaqillik va Oqbuloq mahallalari aholisi ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida voyaga yetmaganlar hamda yoshlarning radikallashuvi, ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, mazkur tadbirda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugi deputati G.Xudoyarova hamda O'zbekiston mahallalari uyushmasi Zarbdor tuman bo'limi boshlig'i, 11-Oqbuloq saylov okrugi deputati T.Qodirov ham ishtirok etib, aholi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirilib, fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.